Xalqaro Xokkey Federatsiyasi
Fayl:IIHF logo.svg | |
Qisqartma | IIHF |
---|---|
Turi | Sport Federatsiyasi |
Maqomi | Xalqaro |
Maqsadi | Xokkey sport turining boshqaruvi va shakllantirilishi |
Ishga tushgan sanasi | 1908-yil 15-may |
Joylashuvi | Zurich, Shveysariya |
Ishchilar soni | 20 ta |
Aʼzolari | 83 ta davlat |
Vebsayti | www.iihf.com/ IIHF.com IIHF.com |
Til(lar)i | Ingliz, Fransuz, Nemischa |
Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF; fransuzcha: Fédération internationale de hockey sur glace; nemischa: Internationale Eishockey-Föderation ) xokkey boʻyicha butun dunyo boʻylab boshqaruv organi hisoblanadi[1]. Xalqaro Xokkey Federatsiyasining asosiy binosi Shveysariyaning Zurich shahrida joylashgan. Hozirda Xalqaro Xokkey Federatsiyasiga 83 ta davlatga aʼzodir.
IIHF xalqaro xokkey turnirlari asosida IIHF Jahon reytingini aniqlaydi. IIHF musobaqalari uchun oʻyin qoidalari Shimoliy Amerikadagi xokkey oʻyini qoidalari va Milliy xokkey ligasi (NHL) qoidalaridan farq qiladi. IIHF qarorlari ustidan Shveysariyaning Lozanna shahridagi Sport arbitraj sudi orqali shikoyat qilish mumkin. Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) xokkey boʻyicha oʻzining shon-sharaf zaliga ega. IIHF shon-sharaf zali 1997-yilda tashkil etilgan. Bu shon-sharaf zali 1998-yilda Xokkey shon-shuhrat zali binosiga koʻchirilgan.
Ilgari IIHF ichki xokkeyni rivojlantirish oʻyinlarini ham boshqargan. Ammo 2019-yil iyun oyida IIHF vakillari ular endi ichki xokkey oʻyinlarini tashkil qilmaslik va ularni boshqarmasliklarini yoki ichki xokkey boʻyicha jahon chempionatini tashkil qilmasliklarini eʼlon qildilar[2].
Vazifalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro Xokkey Federatsiyasining (IIHF) asosiy vazifalari butun dunyoda xokkeyni boshqarish, rivojlantirish va tashkil etishdan iborat. Yana bir vazifa Xalqaro Xokkey Federatsiyasiga aʼzo boʻlgan milliy assotsiatsiyalar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni rivojlantirish va sportning yaxshi tartibi uchun uyushqoqlik bilan faoliyat yuritishdir[3]. Xalqaro Xokkey Federatsiyasi oʻzining faoliyatini oʻz nizomlari va qoidalariga muvofiq olib borish, shuningdek, xokkey boʻyicha xalqaro miqyosda aniq yurisdiksiyaga ega boʻlish uchun zarur choralarni koʻrishi mumkin. Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) barcha IIHF musobaqalari bilan bogʻliq homiylik, litsenziya huquqlari, reklama va merchandaysingni tashkil qilish uchun mas’ul organdir.
Xalqaro Xokkey Federatsiyasining yana bir maqsadi yosh xokkeychilarning rivojlanishiga, murabbiylar va oʻyin mutasaddilarining rivojlanishiga yordam berishdir. Boshqa tomondan, Xalqaro Xokkey Federatsiyasining (IIHF) barcha tadbirlari federatsiya tomonidan boshqa sport federatsiyalari yoki sport guruhlari bilan aloqa oʻrnatish va qoʻllab-quvvatlash bilan birga tashkil etiladi. Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) xalqaro oʻyinchilarning transferlarini qayta ishlash uchun javobgardir. Xalqaro Xokkey Federatsiyasi, shuningdek , Olimpiada oʻyinlarida va IIHF Jahon chempionatining barcha musobaqalarida xokkey boʻyicha raislik qiluvchi organdir. Xalqaro Xokkey Federatsiyasi besh xil toifadagi 25 ta jahon chempionatini tashkil etishda mahalliy qoʻmitalar bilan hamkorlikda ishlaydi.
Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) xokkey boʻyicha jahon chempionatlarini va Chempionlar xokkey ligasi yoki Kontinental kubogi kabi bir nechta Yevropa klublari musobaqalarini tashkil qilish uchun javobgardir.
Xalqaro Xokkey Federatsiyasini IIHFning qonun chiqaruvchi organi — Bosh Kongress va ijro etuvchi organ — Kengash boshqaradi. Bosh Kongress Xalqaro Xokkey Federatsiyasi nomidan oʻyin qoidalari, nizomlari va nizomlari boʻyicha qarorlar qabul qilishga haqli. Bosh Kongress, shuningdek, prezident va kengashni saylaydigan organ hamdir[4]. Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) prezidenti, asosan, federatsiya vakili hisoblanadi. Prezident barcha tashqi masalalarda federatsiya manfaatlarini himoya qiladi va qarorlar federatsiya nizomi va qoidalariga muvofiq qabul qilinishi uchun ham javobgardir. Prezidentga bosh kotib yordam beradi. Bosh kotib ayni paytda Xalqaro Xokkey Federatsiyasining (IIHF) eng yuqori martabali xodimi hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro Xokkey Federatsiyasi 1908-yil 15-mayda Fransiyaning Parij shahridagi Rue de Provans koʻchasi 34-uyda Ligue Internationale de Hockey sur Glace (LIHG) nomi bilan tashkil etilgan[5]. 1920-yilgi Olimpiada o'yinlari birinchi boʻlib xokkey sport turini oʻz dasturiga kiritdi.
1928-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlarida hamda xokkey boʻyicha jahon va Yevropa chempionatlarida ham yil davomida 11 ta davlat ishtirok etgan[6]. 1936-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlarida esa xokkey sport turi boʻyicha 15 ta ishtirokchi bilan yangi rekord oʻrnatildi.
1956-yilgi Vengriya inqilobi Vengriyaning Sovet Armiyasi tomonidan bosib olinishiga sabab boʻldi. Aynan shu tufayli, 1957-yilgi xokkey boʻyicha jahon chempionatining Moskvada oʻtkazilishiga boykot boʻlishiga olib keldi. Kanada va Qoʻshma Shtatlar boykotga boshchilik qildi va ularga Norvegiya, Gʻarbiy Germaniya, Italiya va Shveysariya qoʻshildi[7].
Shundan soʻng, Amerikaning Colorado Springs va Denver shaharlari mezbonlik qilgan 1962-yilgi Jahon chempionati Sovet Ittifoqi va Chexoslovakiya tomonidan boykot qilindi. Bu esa Sharqiy blokning boshqa mamlakatlar tomonidan yana boykot qilinishiga olib keldi. Bu musobaqalarga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Chunki amerikaliklar Sharqiy Germaniya tomonidan Berlin devorini qurishga javoban Sharqiy Germaniya pasportlarini rad etishgan edilar[8].
1965-1966-yilgi mavsum uchun Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) Yevropa kubogini yaratdi. Bu turnir Yevropaning eng yaxshi xokkey klubi jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan edi. Yevropa kubogi musobaqasi Günther Sabetzki tomonidan tashkil etilgan boʻlib, u futbol boʻyicha Yevropa kubogi (hozirgi UEFA Chempionlar Ligasi) asosida tashkil etilgan. 1968-yilda Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) 19 yoshgacha boʻlgan oʻyinchilar uchun oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatini tashkil etdi. Keyinchalik 1977-yilda yosh chegarasi 18 yoshga tushirildi[7].
1980-yillarda Kanada davlati Jahon chempionati va Olimpiada oʻyinlarini boykot qilishni toʻxtatdi. Kanadaliklar 1970 va 1976-yillar oraligʻida ushbu turnirlarni boykot qilgan edilar. Chunki Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) ularga Stanley kubogi pley-off bosqichiga chiqa olmagan Milliy xokkey ligasi (NHL) jamoalaridan jahon chempionatida professional oʻyinchilarni roʻyxatga olishga ruxsat berishdan bosh tortgan edi. Prezident Sabetzki 1977-yildan boshlab Kanadaning xalqaro tadbirlarga qaytishiga olib kelgan murosaga erishdi. Kanada jamoalari pley-offdan chiqarib yuborilgan professional oʻyinchilarga raqobatlashishga ruxsat berildi va buning evaziga Kanada Jahon chempionatida ishtirok etishga rozi boʻldi. Kanada kubogini yaratish (Kanadada NHL tomonidan har toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan musobaqa) Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) va Shimoliy Amerika professional xokkeyi oʻrtasidagi yangi kelishuvning bir qismi edi[8].
Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) aʼzolari soni 1980 va 1990-yillarda siyosiy voqealar va butun dunyo boʻylab xokkeyning doimiy oʻsishi tufayli oʻsishda davom etdi. Sovet Ittifoqining parchalanishi bilan uning aʼzoligi Rossiyaga oʻtdi va toʻrtta sobiq Sovet Respublikalari: Ozarbayjon, Belarus, Qozogʻiston va Ukraina Xalqaro Xokkey Federatsiyasi tarkibiga qoʻshildi. Bundan tashqari, 1930-yillarda Xalqaro Xokkey Federatsiyasiga (IIHF) aʼzo boʻlgan Estoniya, Latviya va Litva davlatlarining aʼzoliklari yangilandi. Yugoslaviyaning parchalanishi ham aʼzolar sonining koʻpayishiga olib keldi. Shundan soʻng, Xalqaro Xokkey Federatsiyasiga Xorvatiya va Sloveniya yangi aʼzolar sifatida qoʻshildi, eski Yugoslaviyaning aʼzoligi Yugoslaviya Federativ Respublikasiga oʻtkazildi (keyinchalik u Serbiya va Chernogoriya deb nomlandi va keyinchalik mustaqil Serbiya va Chernogoriya respublikalari tarkibiga tarqaldi). Chexoslovakiya parchalanib ketganda, uning aʼzolik huquqi Chexiyaga oʻtdi va Slovakiya yangi aʼzo sifatida qabul qilindi. Yangi aʼzolar oqimi Xalqaro Xokkey Federatsiyasining (IIHF) A guruhidagi turnir hajmini oshirishiga olib keldi. Turnir aʼzolari soni 1992-yilda 8 ta jamoadan 12 taga, 1998-yilda esa 12 tadan 16 tagacha oshdi[9].
2008-yilda Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) oʻzining 100 yilligini nishonladi. Bayramlar doirasida 2008-yilgi Jahon chempionati birinchi marta Kanadada boʻlib oʻtdi (turnir Galifaks va Kvebek shaharlari tomonidan birgalikda mezbonlik qilgan)[10]. Yubileyni nishonlash uchun ovoz berish yoʻli bilan IIHF Centennial All-Star jamoasi tanlandi.
XXI asrda Xalqaro Xokkey Federatsiyasi aʼzolar soni oʻsdi. Xalqaro Xokkey Federatsiyasi tarkibiga XXI asrda Chili (2000), Bosniya va Gersegovina (2001), Lixtenshteyn (2001), Shimoliy Makedoniya (2001), Birlashgan Arab Amirliklari (2001), Makao (2005), Malayziya (2006)., Moldova (2008), Gruziya (2009), Quvayt (2009; dastlab 1985-yilda qoʻshilgan, lekin 1992-yilda chiqarib yuborilgan), Marokash (2010), Qirgʻiziston (2011), Yamayka (2012), Qatar (2012), Ummon Sultonligi (2014), Turkmaniston (2015), Indoneziya (2016), Nepal (2016), Filippin (2016), Jazoir (2019), Kolumbiya (2019), Eron (2019), Livan (2019), O‘zbekiston (2019) va Tunis (2021) kabi mamlakatlar aʼzo boʻldi[9].
Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) 2014-yilda Belorussiyada erkaklar o‘rtasida xokkey bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazgani uchun xalqaro tanqidga uchradi. Chunki mamlakatda inson huquqlari yomon ahvolda edi. Bir qancha inson huquqlari tashkilotlari „Diktator bilan oʻynamang!“ boykot kampaniyasi orqali[11] AQSh Kongressi, Germaniya parlamenti va Yevropa parlamentidan murojaatlar boʻldi[12]. Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) 2021-yilda Belarussiyada xokkey boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi jahon chempionatini qisman oʻtkazishni rejalashtirgani uchun yana tanqidga uchradi[13][14]. 2021-yil yanvar oyida Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) 2021-yilgi Jahon chempionatini Minskdagi siyosiy tartibsizliklar, COVID-19 pandemiyasidan tashqari xavfsizlik va xavfsizlik muammolari tufayli olib tashladi va musobaqani faqat Riga (Latviya) shahrida oʻtkazishga qaror qildi[15].
2022-yil 28-fevralda Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) Rossiya va Belarus xokkey federatsiyalarining aʼzoligi mamlakatlarning Ukrainaga bostirib kirishi sababli keyingi ogohlantirishgacha toʻxtatilishini eʼlon qildi[16]. Shunday boʻlsa-da, Rossiya klublaridagi rossiyalik boʻlmagan xokkeychilar shartnomalari bilan bogʻliq boʻlgan muommolar Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) qoidalariga koʻra, xokkeychilarning shartnomalari tugaguniga qadar yoki klublari tomonidan ularning shartnomalari bekor qilinmaguncha oʻz klublari va Rossiyani tark eta olmaydigan boʻldi. Agar oʻyinchilar baribir ketishsa, ular sudga tortilishi mumkin va boshqa klublarda oʻynashlari taqiqlanadi[17].
IIHF shon-sharaf zali
[tahrir | manbasini tahrirlash]IIHF shon-shuhrat zali tashkil etilishidan oldin, Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) vaqtinchalik eksponatlarda Jahon chempionatlari va Olimpiada oʻyinlaridan olingan tarixiy artefaktlar toʻplamini namoyish etdi. 1992-yildan 1997-yilgacha Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) oʻz eksponatlarini Ontario shtatining Kingston shahrida joylashgan Kanadadagi Xalqaro xokkey shon-shuhrat zaliga topshirdi[18].
Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) tomonidan oʻzining shon-shuhrat zalini yaratish uchun birinchi qadam 1996-yilda qilingan taklif boʻlib, keyinchalik bu taklif 1997-yilda IIHF yozgi kongressida Zurich shahridagi muzeyni federatsiya shon-shuhrat zaliga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan soʻng, ratifikatsiya qilingan[18]. Xalqaro Xokkey Federatsiyasining shon-shuhrat zali sobiq xalqaro xokkeychilar, murabbiylar (maʼmurlar) va xodimlarni sharaflash maqsadida IIHF tashkil etilganidan roppa-rosa 89 yil oʻtgach tashkil etildi[19]. Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) Milliy xokkey ligasi bilan 1998-yil 29-iyul oyida oʻz eksponatlarini Kanadaning Toronto shahridagi Xokkey shon-shuhrat zaliga oʻtkazishga kelishib oldi[18].
Turnirlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkaklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turnir | Yil | Chempionlar | Ikkinchi o‘rin | Uchinchi oʻrin | Toʻrtinchi oʻrin |
---|---|---|---|---|---|
IIHF jahon chempionati | 2022 | Finlandiya | Kanada | Chexiya | Qoʻshma Shtatlar |
Qishki Olimpiada oʻyinlari | 2022 | Finlandiya | Rossiya | Slovakiya | Shvetsiya |
U-20 IIHF jahon chempionati | 2022 | Kanada | Finlandiya | Shvetsiya | Chexiya |
U-18 IIHF jahon chempionati | 2022 | Shvetsiya | Qoʻshma Shtatlar | Finlandiya | Chexiya |
Ayollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turnir | Yil | Chempionlar | Ikkinchi o‘rin | Uchinchi oʻrin | Toʻrtinchi oʻrin |
---|---|---|---|---|---|
IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati | 2022 | Kanada | AQSh | Chexiya | Shveysariya |
Qishki Olimpiada oʻyinlari | 2022 | Kanada | AQSh | Finlandiya | Shveysariya |
U-18 IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati | 2022 | Kanada | AQSh | Finlandiya | Shvetsiya |
Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turnir | Yil | Chempionlar | Ikkinchi o‘rin | Uchinchi oʻrin | Toʻrtinchi oʻrin |
---|---|---|---|---|---|
IIHF kontinental kubogi | 2021—2022 | Cracovia | Saryarko Karagandy | Aalborg Pirates | HK Gomel [22] |
Chempionlar xokkey ligasi | 2021—2022 | Rögle BK | Tappara | Frölunda HC | EHC Red Bull Munchen |
Hozirda IIHFning Zurich shahridagi shtab-kvartirasida yigirma nafar xodim faoliyat olib bormoqda[23].
Prezidentlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ism | Yillar |
---|---|
Louis Magnus | 1908—1912 |
Henri van den Bulcke | 1912—1914 |
Louis Magnus | 1914 |
Peter Patton | 1914 |
Henri van den Bulcke | 1914—1920 |
Max Sillig | 1920—1922 |
Paul Loicq | 1922—1947 |
Fritz Kraatz | 1947—1948 |
W. G. Hardy | 1948—1951 |
Fritz Kraatz | 1951—1954 |
Walter A. Brown | 1954—1957 |
Bunny Ahearne | 1957—1960 |
Robert Lebel | 1960—1963 |
Bunny Ahearne | 1963—1966 |
William Thayer Tutt | 1966—1969 |
Bunny Ahearne | 1969—1975 |
Günther Sabetzki | 1975—1994 |
René Fasel | 1994— 2021 |
Luc Tardif | 2021 — hozirgacha |
Bosh shifokorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Wolf-Dieter Montag, Germaniya (1975—1998)[24]
- Mark Aubry, Kanada (1998-yildan hozirgi kungacha)[25][26]
Aʼzolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil holatiga koʻra, Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) 83 ta aʼzoga ega[27].
Xalqaro Xokkey Federatsiyasining 60 ta toʻliq aʼzosi bor. Ular orasida ikkita roʻyxatdan chiqarilgan aʼzolar mavjud: Avstraliya, Avstriya, Ozarbayjon, Belarussiya (toʻxtatilgan), Belgiya, Bosniya va Gersegovina, Bolgariya, Kanada, Xitoy, Xitoy Taypeyi, Xorvatiya, Chexiya, Daniya, Estoniya, Finlandiya, Fransiya, Gruziya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Gonkong, Vengriya, Islandiya , Hindiston, Eron, Irlandiya, Isroil, Italiya, Yaponiya, Qozogʻiston, Shimoliy Koreya, Janubiy Koreya, Quvayt, Qirgʻiziston, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malayziya , Mongoliya , Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Filippin, Polsha, Qatar, Ruminiya, Rossiya (toʻxtatilgan), Serbiya, Slovakiya, Sloveniya, Janubiy Afrika, Ispaniya, Shvetsiya, Shveysariya, Tailand, Turkiya, Turkmaniston, Ukraina, Birlashgan Arab Amirliklari Amerika Qoʻshma Shtatlari. Xalqaro Xokkey Federatsiyasiga toʻliq aʼzo boʻlgan davlatlar xokkey sport turiga bagʻishlangan milliy organga ega va har yili xalqaro chempionatlarda qatnashadilar. Faqat toʻliq aʼzolar ovoz berish huquqiga ega hisoblanadi.
Bundan tashqari, xokkey sport turiga bagʻishlangan milliy organi boʻlmagan yoki xalqaro chempionatlarda muntazam qatnashmaydigan 22 ta assotsiatsiya aʼzolari mavjud. Bunday turdagi davlatlar qatoriga quyidagilar kiradi: Jazoir, Andorra, Argentina, Armaniston, Braziliya, Kolumbiya, Gretsiya, Indoneziya, Yamayka, Livan, Lixtenshteyn, Aomin, Moldova, Marokash, Nepal, Shimoliy Makedoniya, Ummon, Portugaliya, Puerto-Riko, Oʻzbekiston, Tunis va Singapur davlatlaridir.
Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) Chilini faqat ichki chempionatlarda qatnashadigan aʼzo aʼzo sifatida tan oladi.
Roʻyxatdan oʻtgan oʻyinchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu roʻyxatga 2022-yil oktabr holatiga koʻra, 100 dan ortiq roʻyxatdan oʻtgan xokeychiga Xalqaro Xokkey Federatsiyasiga aʼzo davlatlardan bir nechtasi kiritilgan[27][28].
Davlat | Roʻyxatdan oʻtgan oʻyinchilar |
---|---|
AQSH | 551,006 |
Kanada | 513,674 |
Rossiya | 103,101 |
Finlandiya | 66,687 |
Shveysiya | 61,547 |
Chexiya | 34,341 |
Shvetsiya | 29,360 |
Germaniya | 21,090 |
Fransiya | 18,686 |
Yaponiya | 16,219 |
Xitoy | 13,388 |
Birlashgan Qirollik | 13,327 |
Slovakiya | 11,447 |
Vengriya | 8,943 |
Norvegiya | 8,618 |
Oʻzbekiston | 421 |
IIHF Jahon reytingi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) Jahon reytingi mamlakatlar milliy terma jamoasi dasturining uzoq muddatli sifatini aks ettiruvchi vosita hisoblanadi[29]. Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) Jahon reytingi har bir IIHF xokkey jahon chempionati va xokkey olimpiada turniridan keyin chiqariladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „IIHF - Who we are“. International Ice Hockey Federation.
- ↑ „Statutes, Regulations amended“. International Ice Hockey Federation (2019-yil 24-iyun). Qaraldi: 2019-yil 24-iyun.
- ↑ International Ice Hockey Federation. „IIHF Mission“ 8 May 2019.
- ↑ International Ice Hockey Federation. „IIHF Statutes and Bylaws“ 8 May 2019.
- ↑ It all Started in Paris, 1908 International Ice Hockey Federation. Retrieved on 7 May 2019
- ↑ „IIHF 1914-1933“. iihf.com. IIHF. Qaraldi: 2021-yil 14-yanvar.
- ↑ 7,0 7,1 „IIHF 1957-1974“. iihf.com. IIHF. Qaraldi: 2021-yil 14-yanvar.
- ↑ 8,0 8,1 „IIHF 1975-1989“. iihf.com. IIHF. Qaraldi: 2021-yil 14-yanvar.
- ↑ 9,0 9,1 „IIHF 1990-today“. iihf.com. IIHF. Qaraldi: 2021-yil 14-yanvar.
- ↑ „IIHF Timeline“. iihf.com. IIHF. Qaraldi: 2021-yil 14-yanvar.
- ↑ „International Campaign: Don't play with the dictator!“ (2012-yil 17-aprel).
- ↑ Davide Tuniz. „European Parliament calls to move the 2014 World Championship from Belarus“ (2012-yil 15-mart).
- ↑ „Ice hockey-IIHF president to meet Belarus' Lukashenko to discuss 2021 world championship – RIA“. Reuters (2020-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 11-yanvar.
- ↑ „Ice Hockey: Belarus must meet 'specific requirements' to host World Championship“. Deutsche Welle (2021-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 14-yanvar.
- ↑ „IIHF to move 2021 World Championship“. International Ice Hockey Federation (2021-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.
- ↑ „IIHF - IIHF Council takes definitive action over Russia, Belarus“. IIHF.com. Qaraldi: 2022-yil 2-mart.
- ↑ IIHF wonʼt be able to cancel KHL Legionnaires’ contracts until 2023
- ↑ 18,0 18,1 18,2 „IIHF Hall of Fame“ (ru). Hockey Archives. Qaraldi: 2019-yil 12-mart.
- ↑ „IIHF Hall of Fame“. International Ice Hockey Federation. Qaraldi: 2019-yil 12-mart.
- ↑ 20,0 20,1 „IIHF - Tournaments“. IIHF. Qaraldi: 2022-yil 4-yanvar.
- ↑ „IIHF - Tournaments (Club)“. IIHF. Qaraldi: 2022-yil 4-yanvar.
- ↑ HK Gomel was expelled on 1 March 2022 due to the 2022 Russian invasion of Ukraine, thus earning an automatic fourth place finish in the final stage.
- ↑ „IIHF Staff“. International Ice Hockey Federation. Qaraldi: 2021-yil 26-yanvar.
- ↑ „Wolf-Dieter Montag – Curriculum Vitae“ (de). Gesellschaft für Orthopädisch-Traumatologische Sportmedizin (2014-yil 19-noyabr).
- ↑ „Paul Loicq Award: Dr Mark Aubry (CAN)“. IIHF (2014). Qaraldi: 2018-yil 31-iyul.
- ↑ „Dr. Mark Aubry – 2006 Dr. Tom Pashby Sports Safety Award“. Dr. Pashby Sports Safety Fund (2006-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 1-avgust.
- ↑ 27,0 27,1 „IIHF Member National Associations“. International Ice Hockey Federation (2022-yil 29-sentyabr).
- ↑ „Countries in the world by population (2022)“. Worldometer. Qaraldi: 2022-yil 6-oktyabr.
- ↑ „IIHF World Ranking“. iihf.com. IIHF. Qaraldi: 2022-yil 4-oktyabr.